Izohli lug‘at
rivoyat
ривоят
Ma’nolari
- Avloddan avlodga oʻtib kelayotgan, vo-qea va hodisalarni, inson faoliyatini baʼzan uydirmalar vositasida, baʼzan real tasvirlovchi ogʻzaki hikoya; naqp, afsona.
- Umuman, ogʻizdagi ran, hikoya.
- koʻchma din. Biror masala yuzasidan shariat qonunlari asosida chiqarilgan hukm, xulosa.
Misollar
- Mavlono Lutfiy kabi keksa shoir hali goʻdak Navoiyning oʻzbek tilidagi bir bayti uchun oʻzining.. jamiki gʻazallaridan voz kechishga tayyor ekanini bildirgan ekan. Bu rivoyatga nedeysiz? — Oybek — Navoiy.
- Baʼzirivoyatlarga qaraganda.. farishtalar, jannatdagi Kdecap suvidan qumgʻonlarimizga quyib ketar emish! — M. Muhammadjonov — Turmush urinishlari.
- Dengiz, koʻhna rivoyatlardan Bittasini soʻylab bermenga. — E. Vohidov — Nido.
- Rivoyat qilishlaricha, Dehlida shoh Akbar hukmronlik qilgan zamonda bir savdogar yashar ekan. — Gazetadan.
- Rivoyatlarga qaraganda, baʼzi bir issiq mamlakatlarning odsshlari harorat-dan darmonlari qurib kun kechirganlar. — Gazetadan.
- [Gʻofir qoziga:] Bu qanday zulm.. sev-gan xotinimni zolim boy tortib olmoqchi boʻlsa-yu, menga yordam berish oʻrniga boyning yonini olasiz! Rivoyatlar topasiz! Fatvolar yasaysiz.'X, — amza — Boy ila xizmatchi.
- Ulamolar Yodgor va unga ergashib kelgan xotinni tosh-boʻron qilish toʻgʻrisida rivoyat yozib, eshon Sultonga berdilar. — S. Ayniy — Dohunda.
Kelib chiqishi
a. Colj_, - hikoya, qissa; af-sona
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0