Izohli lug‘at
saboq
сабоқ
Ma’nolari
- Dare, mashgʻulot, bilim, fan.
- Darsda (oʻquvchilarga) beriladi-gan vazifa, topshiriq. Alisher qoʻl qovush-tirib kelib, ustod oldida tiz choʻkdi va sabogʻini oʻqiy boshladi. M. Osim, Ajdod-larimiz qissasi.
- Ibrat, oʻrnak, namuna boʻladi-gan, hayot tajribasini oshiradigan ish, ha-rakat, voqea-hodisa.
- Tarix saboqlari Tarixda boʻlib oʻtgan, esda qoladigan va oʻrnak boʻladigan, toʻgʻri, kerakli xulosa chiqarishga yordam beradigan voqea-hodisalar.
Misollar
- Saboq bermoq. Saboq olmoq. n
- Ularning har biri har xil sinf oʻquvchisi boʻlgani holda, bir sinfda oʻtirib saboq olishlari bir-birlariga xa-laqit bermaydi. — Sh. Xolmirzayev — Ogʻir tosh koʻchsa.
- Bundan tashqari, bolalarhisob (toʻrt amal) oʻrganar, mashshoqlik, qoʻshiq aytish boʻyicha ham saboq olar edilar. — K. Yashin — Hamza.
- [Fazliddin:] Begim sharmu hayodan sizu bizga saboq berishga qo-dirlar. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Qora mavr oʻgʻli — telba Otello Buyuk sadoqat-dan bermoqda saboq. — X. Davron.
- Boshga tushgan musibat beva uchun saboq boʻldi. — Gazetadan. Tarix —
- dono muallim va hikmatli saboq beruvchidir, deydi mutafakkirlar. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
a. — tortishuv, musobaqa
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0