Izohli lug‘at
sachramoq
сачрамоқ
Ma’nolari
- Parchalanib otilmoq; sochilmoq. Balchiqqa kesak otma, yuzingga sachraydi. Maqol. m
- Irgʻimoq, sakramoq.
- Boshi yoki gavdasini keskin hara-katlantirmoq.
- Qattiq-qattiq gapirmoq, toʻsatdan oʻshqirib, gʻazab bilan tanbeh bermoq.
Misollar
- Mashina oʻtganda, loy, suv sachrayverib, devorlar shaltoq boʻlib ketgan. — E. Usmonov — Yolqin.
- Opiarning taqasi tosh yoʻlga urilganidan, goho uchqushtr sachrardi. — "Sharq yulduzi".
- Oy chiqdi. Serbulut osmon xuddi siyoh sachragan zangori koʻylakka oʻxshar-di. — S. Ahmad — Ufq.
- Toʻgʻonbek toqati toq boʻlib, sachrab oʻrnidan turdi. — Oybek — Navoiy.
- Otabek sachrab, Kumushga yuz oʻgirdi: -Buoʻrtaga Zaynabni keltirib nima-ga tiqasiz endi?A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Gavhar, elektr toki tekkanday sachrab, uning quchogʻidan chiqdi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Uning [onasining] sachraydigan, bolalariga baqiradigan odati yoʻq edi. — M. Ismoiliy — Odamiylik qissasi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0