Izohli lug‘at
saf
саф
Ma’nolari
- [a. — qator; tartib bilan, yon-
- ma-yon turish] 1 Harbiylarning yoki umuman kishilarning va narsalarning maʼlum tar-tibda tizilishi, muntazam qatori.
- Biror jarayon, faoliyatning eng qizgʻin oʻrni.
- Biror guruhga mansub kishilarning majmui, qatori.
- Safga kirmoq 1) biror muntazam tizil-gan qatordan joy olmoq; 2) biror guruh-dan joy olmoq, unga qoʻshilmoq.
Misollar
- Saf tortmoq. Bir safga tizilmoq. hi
- Shov-shuv, gʻala-gʻovur birdan bosilib, hamma safga turdi. — O. Yoqubov — Izlayman.
- Dushman safi buzilib, har tomon toʻzib ketdi. — "Nurali".
- Yoʻlning ikki chetida uzun mirzateraklar saf torgan. — N. Aminov — Suvarak.
- Har bir vijdonli odam bu ku-rashning oldingi safida bormogʻi lozim. — Gazetadan.
- Hozirgi dolzarb kunlar masʼuliyati har bir kishining oʻrni paxtazorda, terimchilar safida boʻlishini taqozo etmoqda. — Gazetadan.
- Minglab abi-turiyentlar tsgabalar safiga qoʻshilish uchun sinov imtihonlaridan oʻtishyapti. — Gazetadan.
- Talabalar safiga kirmoq. Ilgʻorlar safiga kirmoq. Safga oʻtmoq ayn. safga kirmoq. Safdan chiqmoq 1) muntazam qatordan oldinga chiqmoq.
- Safdan bir qadam olgʻa chiqmoq; 2) aʼzolikdan chiqmoq; 3) qatordan chiqmoq, ishdan chiqmoq.
- Ergashevlar okopi yonida birdaniga uchta granata portladi. Ergashevning jan-govar doʻstlari yaralanib, safdan chiqdi. — N. Safarov — Qahramonning tugʻilishi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0