Izohli lug‘at
salobat
салобат
Ma’nolari
- Ulugʻvor tashqi koʻrinish; savlat, mahobat.
- Salobati bosmoq Kimsa savlati, ulugʻvorligi oldida tortinmoq, oʻzini yoʻqotayozmoq, dovdiramoq.
Misollar
- Unda [Hamid Olimjonda] sehrli bir joziba va salobat bor edi. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi.
- Shodi Mudarrisovich dekan oʻrinbosari boʻlgandan beri gap-soʻzlari va yurish-turishida allaqanday bir oʻzgarish, sipolikka oʻxshash salobat paydo boʻlgan edi. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
- Poytaxt salobati kundan-kunga oshib, Mirzo madrasasi hukumatning emas, Hirot ahlining ham diqqatini torta boshladi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Poshsha xola, uy egasining salobati bosib, unga tik qarolmadi. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
Kelib chiqishi
arab. –mustahkamlik, qatgikdik; qagiylik; oʻjarlik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0