ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

salom

салом

Ma’nolari

  1. Kishilarning oʻzaro uchrashgan paytlarida urf-odatga koʻra bir-biriga aytadigan soʻzi.
  2. Amir, xon bilan ertalabki uchrashuv va undagi salom-alik marosimi.
  3. etn. Kelinchakni toʻydan keyingi kun erta bilan olib chiqib, kuyovning ota-onalariga, qarindosh-urugʻlariga taʼzim qildirish marosimi va umuman kelinchaklar taʼzimi; kelinsalom.
  4. Sahnada, oʻyin-tomosha maydonlarida aktyorlarning tomoshabinlarga taʼzimi.
  5. (abdu)Salom (erkaklar ismi).
  6. Duoyi salom q. duo.
  7. Salom aytmoq Salom yoʻllamoq.
  8. Salom alaykum Salom 1.
  9. Salom yoʻllamoq biror shaxs yoki noma orqali salom aytib yubormoq.
  10. Salom yoʻq, alik yoʻq Toʻsatdan, hech kutilmaganda, dabdurustdan.
  11. Salomini yeb qoʻymoq Koʻpincha, salom bermagan bolalarga aytiladigan hazil ibora.
  12. Soyasiga salom bermoq q. soya.
  13. Salom ogʻasi Amir, xon saroyida rasmiy marosimlarga boshchilik qilib, uni nazorat qilib turgan lavozimli shaxs.

Misollar

Kelib chiqishi

[ arab. سَلَام – tinchlik, xavfsizlik; koʻrishish, salomlashish ]

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish