Izohli lug‘at
samimiy
самимий
Ma’nolari
- Sidqidillik bilan, chin qalbdan, yurakdan qilingan, aytilgan; yurakdan, dildan chiqqan.
- Samimiyat bilan ish tutuvchi, sof-koʻngil; pok, toza.
Misollar
- Lekin Mashrab Masturaning gaplaridan emas, uning ovozidagi gʻururdan, bolalarga xos samimiy quvonchdan jilmaydi. — O.Yoqubov — Er boshiga ish tushsa.
- Elmurod kampirning samimiy muomalasini koʻrib: Salomat boʻling, onajon, — dedi. — P.Tursun — Oʻqituvchi.
- Samimiy odam,
- Sherali bu sodda, samimiy qizning bolalardek xatti-harakatini koʻrib taajjublandi. — S.Karomatov — Oltin qum.
- Unsinning yuragi, akasining yuragi kabi, Gulnorga nisbatan toza ham samimiy. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Kelib chiqishi
[ arab. - toza, asl; haqiqiy ]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0