Izohli lug‘at
sanamoq
санамоқ
Ma’nolari
- Hisoblamoq, xisoblab so-nini, miqdorini anikdamoq; xisobini olmoq.
- Raqamlar nomini aytmoq.
- Birma-bir aytib oʻtmoq, zikr qilmoq.
- koʻchma Hisoblamoq, ..deb bilmoq.
- Barmoq bilan sanarli Oz, ozgina, juda oz. Toqi (yoki yulduz) sanab yotmoq q. toqi. Chuchvarani xom sanamoq q. chuchvara. Qadami-ni sanamoq Doimiy ravishda kuzatib yur-moq.
Misollar
- Pul sanamoq. Juft-juft qilib sanamoq. Yerdan topsang ham, sanab ol. — Ma-qol. m
- Devorning paxsasini sanab koʻrdi, oʻttiz paxsa. — "Nurali".
- U xaltachasidagi kumush tangalaridan sanab, Meʼmorga uzat-di. — Mirmuxsin — Meʼmor.
- Kimdandir yuzgacha sanasang, uxlab qolasan deb eshituv-dim. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mam-lakati.
- "Bir, ikki, uch!" deb sanashi bilan oʻzini suvga shayuplab tashladi. — "Yoshlik".
- Bosh maqola bu odamlar yaratgan va yara-tayotgan, tajribadan oʻtgan va oʻtayotgan yangiliklarni birma-bir sanab.. ularga keng yoʻl ochib berish vazifasini qoʻyar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Yodgor Dilshodning unga yana zarda aralash qarab qoʻyganini ilgʻab oldi. Tagʻin oʻzini aybdor sanab, yuragi siqildi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- "Yoap bu yoqda ekan, — oʻyladi u oʻkinch bilan. — Demak, ular meni odam sanashmagan". Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Uning sizning qadamingizni sanashdan boshqa ishi qolmagan. — Oydin — Hikoyalar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0