Izohli lug‘at
sapchimoq
сапчимоқ
Ma’nolari
- Umuman, keskin harakat qilmoq; sak-ramok, irgʻimoq, toʻsatdan oʻrnidan turmoq; irgʻib turib ketmoq.
- Betiga sapchimoq Shartakilik bilan javob qaytarmokYerga ursang, koʻkka sapchiydi Juda shoʻx, toʻpolonchi, shumtaka bolalar haqida aytiladigan ibora.
Misollar
- Xazon uyumlarini oqizib kelayotgan tiniq sumbula suvi qirgʻoqqa sapchir edi. — M. Muhamedov — Qahramon izidan.
- Juvon bexos tok urgan-dek bir sapchib tushdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Rais, bexos sapchigan ot ustidan uchib tushay dedi-yu, oʻzini oʻnglab olib, jilovni qattiq tortdi. — T. Malik — Ajab dunyo.
- Birdan ayol kishining oʻkrab yigʻlagan ovozini eshitib, sapchib oʻrnidan turdi-da, Qashqarcha tomon yugurdi. — K. Yashin — Hamza.
- Islombek juda shoʻx bola boʻlgan, naq yerga ursang, koʻkka sapchiydi. — "Yoshlik". Sapchib ketmoq (yoki tushmoq) Tashqi taʼsir natijasida ses-kanib yoki choʻchib, qoʻrqib, oʻrnidan keskin qoʻzgʻalib koʻymok; qalkimoq.
- Abduqodirboy oʻgʻlining "shakkokligidan" sapchib tushdi. — K. Yashin — Hamza.
- -Zahar ichibdi! — dedi tabib. Otabek sapchib ketdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Ikkinchi vauchin-chi kunlarda toʻppa-toʻgʻri kundosh ustiga sapchiydi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Kelib chiqishi
1 Keskin harakat qilib, biror kimsa yoki narsaga tashlanmoq, oʻzi-ni (yuqoriga) otmoq. ◆ Rustam., qisilgan pru-jinadek osmonga sapchidi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloqsol. [Xushroʻy
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0