Izohli lug‘at
saqlamoq
сақламоқ
Ma’nolari
- Ehtiyot qilmoq; ehtiyot-korlik bilan (biror joyda) asramoq, as-rab-avaylab ishlatmoq.
- -Oʻzbek tilining izoqli lugʻati
- Tashqi taʼsirdan muhofaza qilmoq; aynish, buzilish-yorilish, nest-nobud boʻ-lishdan, barbod boʻlishdan asramoq, ehtiyot qilmoq.
- Ehtiyot qilib, asli holati, xususiyati yoki koʻrinishini oʻzgarishsiz olib qolmoq.
- Biror kimsaga atab yoki biror maqsad uchun (buyum yoki yemishlarni) asrab qoʻymoq.
- Himoya, muhofaza, gʻamxoʻrlik qilmoq, qoʻriqlamoq.
- Xalos qilmoq, qutqarmoq; omon qol-dirmoq.
- Biror xatti-harakatdan qaytarmoq, toʻxtatib qolmoq, tiymoq.
- Rioya qilmoq, muayyan holatga amal qilmoq; sukut saqlamoq.
- Belgi, iz, nishona olib qolmoq.
- Doimiy ravishda qadrlamoq, ehti-rom bilan eslamoq.
- Asramoq, boqmoq, tutmoq.
- Jon saqlamoq q. jon 3. -Qochib qolgan-mi? — dedilar otam, —
Misollar
- Sandiqda pul saq-lamoq. Omborda qish uchun gʻalla saqlamoq. m
- Mahsini uch kun hayitda kiyib, saqlab qoʻygandim, ana uni pullab, tagcharm olamiz. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mana, oʻshal na-fis gulingni Kitobimda saqladim bir yil. — T. Toʻla.
- ..butun orttirganini "tishining kovagida saqlab" toʻplaydi-da, bir jiyron qashqa ot oladi va dovondan soʻnggi marta ot minib oʻtadi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Oilani saqlab qolish uchun, far-zandlarim uchun harakat qildim, lekin ilo-ji boʻlmadi. — Gazetadan.
- Archa togʻ yonbagʻir-laridagi tuproqni suv va shamol eroziyasidan saqlaydi. — Gazetadan.
- Kampir xolamiz bu sandiqlarda eng oldin behi saqlagan boʻlsa ajab emas. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati. Layloning onasi... elliklardan oshgan, lekin hali ham oʻzini yaxshi saklagan, zuvalasi pishiq ayol ekan. M. Qoriyev, Oydin kechalar.
- Fikrimizcha, har qanday sharoitda juftlik xususiyatini saqlagan juft soʻzlar lugʻatlarda berilishi lozim. — "OʻTA".
- Bularni kimga saqlab qoʻyibsiz? n
- Suluv-ning miyasiga bir fikr kelib, mixday sanchil-di: otasi eng soʻnggi kuchini faqat qasos uchun saqlab olib kelgan. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
- Men unaqa kek saqlaydiganlardan emasman. — S. Ahmad — Hukm.
- Davlat chegaralarini saqlamoq. Xalqlarning tinchligini saqlamoq. n
- Bu-gungi kunda insoniyat oldida nihoyatda mu-him muammo turibdi, u ham boʻlsa, yer yuzida tinchlikni saqlab qolish. — Gazetadan.
- Tabiatni muhofaza etish, hayvonot dunyosini saqlash hozirgi davrda muhim ahamiyatga ega. — Gazetadan.
- Oʻlimdan saqlamoq. Halokatdan saq-lamoq. n
- Mening burchim — oʻlayotgan odam-ning oldida boʻlish, — dedi u, — ehtimol, uning jonini saqlab qolarman. — K. Yashin — Hamza.
- Shunda Qilichqora aytibdi: -Ajdar-dan elni saqlaydigan mard topiladimi? — "Ertaklar".
- Yomon soʻzdan saqla doim tilingni. — "Nurali".
- Tartib-odob, intizom saqlamoq. sht Juvon oʻzini tartibga solib boʻlguncha, joyidan qimir etmay, odob saqlab turardi. — J. Abdullaxonov — Xonadon.
- Saqlab qopti odam izlarin Bu togʻlarning musaffo qori. — Sh. Rahmon.
- Bu osori atiqalar oʻzida oʻtmish nafasini saqlab qolgan. — Gazetadan.
- Har bir oʻtkinchining qiyofasini yodda saqlab qolish uchun butun fikru oʻylari, idroklarini bir nuqtaga toʻplab turibdilar. — S. Ahmad — Yulduz.
- U[Alimardon].. chinakam sanʼatni qalbining toʻrida saqlashga qodir boʻlgan chinakam shinavandalar ozmuncha emas-ligini bilmas, bilishni xohlamas edi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Xizmatchi saqlamoq. Qush saqlamoq.
- bostirmada berki-nib, jon saqlagan boʻlishi ham mumkin. — Sh. Xolmirzayev — Yoʻllar, yoʻldoshlar. Sir saq-lamoq Biror voqea-hodisa, gap-soʻz yoki faktni oʻzgalardan yashirib yurmoq, oshkor etmaslik.
- Men bu sirni shu choqqacha ichimda saqlab kelayotgan edim, endi aytmasam boʻl-maydi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Hatto ota-onasidan ham sir saqlagan bir yigitning oʻz oʻgʻlim boʻlib chiqqani menga qiziq koʻrinadir. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Xudo saqlasin Sira koʻrsatmasin; boshga tush-masin; aslo, hech qachon. Odamlarning yuziga qaray olmaydigan boʻlib qolishdan xudo saq-lasin. T. Ashurov, Oq ot. Esda (yoki yodda, xo-tirada) saqlamoq Yodda tutmoq, esdan chi-qarmaslik, unutmaslik. Oʻz qoʻlida saqlamoq Oʻz qoʻlida, ixtiyorida, amrida tutib turmoq.
- Hokimiyatni oʻz qoʻlida saqlamoq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0