Izohli lug‘at
sardor
сардор
Ma’nolari
- [f. l.m. kallasi, boshi bor: bosh qoʻmondon, sarkarda]
- Eron va Afgʻonistonda: yirik amaldor, qabila boshligʻi; Oʻrta Osiyoda: qoʻshin qoʻmondoni; Usmonlilar saltanatida: dala armiyasi qoʻ-mondoni.
- Umuman, qoʻmondon, boshliq.
- Yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi; ilgʻor, zarbdor.
Misollar
- Temur Malik jang liboslarini kiyib, sardor Shohmurod Koʻhistoniy bilan birgalikda otga minib, qoʻshin toʻgshnayotgan tomonga joʻnadi. — "Saodat".
- Senga ber-mas Goʻroʻgʻli hech omona, Xon Goʻroʻgʻli Chambil elning sardori. — "Malikai ayyor".
- Kemada aygʻoqchilar sardoridan boshqa ikki kishi ham bor edi. — Mirmuhsin — Temur Malik.
- Namanganning anori, kimni qilmas xumori, Namanganliklar nori, yigitlarning sardori. — T. Toʻla.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0