Izohli lug‘at
sarob
сароб
Ma’nolari
- . Atmosferaning optik hodisa — notekis haroratga ega boʻlgan havo sharoitida nurlarning oʻziga xos sinishi natijasida ufq ortidagi (uzoqdagi) narsalarning xayoliy, soxta tasvirlarining paydo boʻlishi.
- . Aldamchi tasavvur, xayolot, xom-xayol.
Misollar
- Dashtni toʻldirib turgan quyosh seli ostida "oqayotgan" Amu sarobi mavjlanadi. — S. Nurov — Suv qoʻshigʻi.
- Uzoqlarda sarob jimirlaydi. Koʻl betida qovjiragan yantogʻu isiriq suzib yurganday.. — S. Nurov — Narvoy.
- [Navoiy:] Men haqiqat deb oʻylagan narsa sarob boʻlib chiqdi. Men saltanatimizni mustahkamlamoqchi boʻldim, ammo harakatlarim yelga ketdi. — Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy.
- Qani oʻsha baxt? Baxt deb izlagani sarob ekan. — "Yoshlik".
Kelib chiqishi
fors. – sarob xayoliy manzara, sarob; quruq vaʼdalar
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0