Izohli lug‘at
savalamoq
саваламоқ
Ma’nolari
- Xivich, qamchi, tayoq, gavron kabi narsalar bilan ustma-ust ur-moq, kaltaklamoq.
- Zarba bermoq.
- Shiddat bilan yogʻmoq, tinimsiz quy-moq (yomgʻir, qor, doʻl haqida). Yomgʻir sava-lagan sayin chang-gʻuborli atrof-javonib tobora musaffolashmoqda, fayziyob boʻlmoq-da edi. "Yoshlik". Uning [Elmurodning]quloq-larini yomgʻir aralash muzdek mayda doʻl sava-lay boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Tanqid qilmoq, kamchiliklar-ni roʻyirost aytmoq.
Misollar
- Keksa podachi shoʻxlik qil-gan mollarni gavron bilan savalab, uzun tayogʻini unda-munda qoʻyib ketmoqda. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Ikki navkar ikki tarafdan oʻtkinchini ham, yoshu qarini ham ayovsiz savalayapti. — S. Siyoyev — Avaz. -Quloqsiz bolani yaxshilab sava,gash kerak, — dedi-da, bir koʻzini qisib qoʻydi otasi. "Yoshlik".
- Duishanni savalamoq.
- Mashina qayiqday chayqalar, qor old oynani ayamay savalardi. — J. Abdullaxonov — Xonadon.
- U ni [Sherzodni] maj-lisda rosa savalashdi. — Oʻ. Hoshimov — Nur borki, soya bor.
- Muxbirlarga rost gapni aytib boʻladimi ? Rosa savalashadi [dedi kassir]. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0