Izohli lug‘at
savat
сават
Ma’nolari
- Tol, tut, yulgʻun novdalari, bugʻdoy poyasi, sim, plastmassa va shu kabilardan toʻqib tayyorlangan roʻzgʻor buyumi, idish.
- Savat qalpoq - ezib yumshatilgan bugʻdoypoya narsalardan toʻqilgan qalpoq.
Misollar
- Patnislarda, togʻoralarda, savatarda kulcha, qovurma chuchvara, varaqi, qatlama va boshqa har nav meva-chevalar. — Oybek — Tanlangan asarlar
- O‘rtancha ovsin ayvonni supurib boʻlib, savat koʻtarib, koʻchaga chiqib ketishi bilan qolgan olti ovsin supaga chiqishdi. — Said Ahmad — Saylanma
- Direktor, stolida turgan qogʻozni yirtib, burchakdagi savatga tashladi. — Oʻktam Usmonov — Sirli sohil
- Shu vaqt otliqning savat qalpogʻi tagidan bilakday yoʻgʻon ikki oʻrim sochi tushib ketib, yelkasida osilganicha qoldi. — Sunnatilla Anorboyev — Oqsoy
Kelib chiqishi
Forscha سبد - toʻqima xalta, savat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0