Izohli lug‘at
savlat
савлат
Ma’nolari
- . Ulugʻvor tashqi qiyofa, salobatli koʻrinish, salobat, mahobat.
- Savlat toʻkmoq Butun savlati bilan koʻzga tashlanmoq.
- Savlatidan ot (yoki it) hurkadi. Juda savlatli; salobati odamni bosadi.
- . Koʻrk, iftixor. Oʻsmirlar —
Misollar
- Usta uning yelkasi, savlati, gʻayrati, kuch-quvvat yogʻilib turgan vujudiga havas bilan boqdi. — T. Ashurov — Oq ot.
- Poʻlat polvon degay nomin xaloyiq, Ishi ham savlati nomiga loyiq. — Habibiy — Devon.
- Umar polvonga endi bari bir boʻlgani uchun sovuqqonlik bilan qoyaday savlat toʻkib turardi. — K. Yashin — Hamza.
- Ertalab kelsam, xonaga odam sigʻmay ketibdi, har olimlarki, savlatidan ot hurkadi deng. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- davlatimiz, Keksalar — savlatimiz. — Q. Muhammadiy.
Kelib chiqishi
arab. – kuch-qudrat, quvvat; zoʻrlik; hokimiyat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0