Izohli lug‘at
savob
савоб
Ma’nolari
- . Diniy eʼtiqodga koʻra, xudoning marhamatiga loyiq ish va shunday ish uchun xudoning marhamati.
- . Oʻzgalarga beminnat qilingan xolis yordam; yaxshi, ezgu ish.
Misollar
- [Yormat:] Nima ish qildim? Gunohmi, savobmi? — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Doʻstlarim, qilmanglar bagʻrimni kabob, Gʻaribning koʻnglini ovlamoq - savob. — Ergash Jumanbulbul oʻgʻli.
- [Davlatyor:] Bir yesir-beva. Tomini kurab beray, savob boʻlar.. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
Kelib chiqishi
arab. – ajr, evaz, mukofot; xayrli, ezgu ish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0