Izohli lug‘at
sayil
сайил
Ma’nolari
- [a. — sayr, piyoda
- yurish, kezish] 1 etn. Bahorda oʻtkaziladigan katta xalq sayr-tomoshalari, sayr-tomosha.
- Umuman, katta va tantanali sayr-tomoshalar.
- Sayil bogʻ - Xalq sayillari oʻtkaziladigan katta bogʻ, park, sayilgoh.
- Qovun sayli - Qovunxoʻrlik va sayr-tomosha maqsadida koʻpchilik boʻlib dalaga — qovun polizga chiqish. Muhiddinni bir tanishi qovun say-liga olib ketdi. S. Zunnunova, Hikoyalar.
- Sayr-tomosha maqsadida aylanib (ke-zib) yurish; sayohat.
Misollar
- Ayni bahor kulgan chogʻ edi, Sayil joyi soʻlim bogʻ edi. — E. Vohidov.
- Xalq sayili. Navroʻz sayili. Lola sayili. n
- Xalq shoirlari dostonlarni turli yigʻinlar, toʻy va sayillarda ijro etganlar. — Gazetadan.
- Sayil ham sayil, sar-gardon ham sayil. — Maqol. ■■
- [Ziyodilla:] Sarsongarchiligi bormi, shu bahona Tarlon ikkovimiz shaharni sayil qilib kelyapmiz. — T. Murod — Ot kishnagan oqshom.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0