Izohli lug‘at
sel
сел
Ma’nolari
- Shiddatli, kuchli yogʻin; jala.
- Togʻli hududlarda shiddatli yomgʻirdan, jaladan yoki qor erishidan hosil boʻladi-gan, aholiga, xalq xoʻjaligiga katta zarar keltiradigan kuchli loy-suv oqimi.
- Goʻshtning suvi, qoni.
- Quyoshning kuchli harorati; quyosh nuri oqimi.
- Sel tomchilari kabi shiddatli va behisob.
- Biron-bir voqea-hodisaning, jarayonning kuchli, koʻpaygan holati, oqimi.
- Sel boʻlmoq 1) zavqlanib huzur qilmoq; yayramoq; erimoq. sekin bosh chayqamoq.
Misollar
- Tomchi — sel boʻlmas, Dushman — el boʻlmas. Maqol. ■■
- May oyi tugab boryapti-yu, haliyam har kuni yom-gʻir, har kuni sel. — N. Aminov — Qahqaha.
- Bahor-da qattiq sel yogʻib, daia betini qatqaloq qopladi. — Gazetadan.
- Toʻsat-dan kelgan sel oqimi Tollimarjon bosh kor-pusida qurilayotgan kotlovanga urilib, ish-ni taqqa toʻxtatib qoʻydi. — Gazetadan.
- Sel yuvib ketgan yoki yozning qattiq girdoblari yalagan taqir yerlarning mayda toshlari oyoq ostida gʻijirlardi. — S. Ayniy — Qullar.
- Seli bshshn qo-vurilgan jigar. n
- Ha, mulla aka, quling oʻrgilsin kabob bor, yeysizmi? Seli jizshiab turibdi. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Necha bor eʼtibor bergandirsiz, har qanday goʻsht tuzlanganda, seli chiqib ketadi. — K. Mahmudov — Oʻzbek tan-siq taomlari.
- Quyosh seliga miriqib choʻmilgan yam-yashil dala barq uradi. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- Osmon begʻubor, tiniq, oftob seli goʻdak kulgusiday yoqimtoy edi. — O. Yoqubov — Koʻhna dunyo.
- Miltiqlardan oʻq seli yogʻdiri-lib, "ura" sadolari qum sahrosini larzaga keltirdi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Gʻam seli, m
- Elmurod shunday oʻylar selida gʻarq boʻlib, uyqusi qochdi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Yoshi yigirma ikkiga qadam qoʻyganda, Beruniyni ham hodisalar seli yumalatib, oʻzi bilan birga janubga olib ketdi. — M. Osim — Jayhun ustida bulutlar.
- -Du-tor chalganimda, [Sulaymon] sel boʻlib oʻti-rardi, — dedi Mehri ona. — A. Eshonov — Dutor; 2) duv-duv, juda koʻp oqmoq.
- Zubaydaning onasi qiziga yashnib-yolvorib, koʻzlaridan yosh sel boʻlib oqib, oʻkrab-oʻkrab yigʻlardi. — K. Yashin — Hamza. Sel qilmoq Huzur baxsh etmoq, zavqlantirmoq, eritib yubormoq.
- Boltaboy suhbatning guli, qoʻshiq aytsa, odamni sel qiladigan, askiyada payrovdan chiqmaydigan yigit edi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Kuy-ning navosi ulfatlarni sel qildi. — M. Haz-ratqulov — Jurʼat.
Kelib chiqishi
a. — oqim; soy, anhor, jilgʻa
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0