Izohli lug‘at
sepmoq
сепмоқ
Ma’nolari
- Sochmoq, purkamoq, sachratmoq (suyuqliklar haqida).
- Bir tekisda sochmoq (kukun holidagi narsalar haqida).
- Yarasiga tuz sepmoq Gap yoki xatgi-hara-kat bilan dardini kuchaytirmoq.
- q.x. Bir tekisda tarqatib sochmoq; ek-moq (don-dun, urugʻ, oʻgʻit va shu kabilar haqida).
- Tarqatmoq, sochmoq.
- Urugʻini sepmoq Biror jarayonning avj olishi, keng yoyilishi uchun harakat qilmoq.
Misollar
- Har oqshom ayasi hovliga koʻloblatib suv separdi. Keyin rayhon isi bilan oʻtkir tuproq hidi butun hovlini tutib ketardi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Usta vishillatib atir sepgach, mijozining yuzini yelpib, soʻng artib qoʻyadi. — E. Raimov — Ajab qishloqSuv sepganday (yoki quyganday) - jim, jimjit.
- Hammayoq suv sepganday.
- Suv sepganday jimjit. Onda-sonda poliz atrofidan bedananing shirali ovozi keladi. — I. Rahim — Chin muhabbat. Suv sepmoq 1) yuragi oʻrtangan gʻamli, alamli kimsaga bir oz taskin-tasalli bermoq, dardini yumshatmoq; sovitmoq.
- Gapga xotima bermay, boshqa ta-raflardan ham kamchiliklar topib, asosli suratda qutidorning Otabekka tomon haro-ratlanayozgan yuragiga suv sepmoqchi boʻldi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar; 2) toʻxtatmoq, yakun yasamoq; pasaytirmoq.
- Jiringlagan telefon alanga ola boshlagan munozara oloviga suv sepdi. — Gazetadan.
- Birinchi muhabbat alangasi-ga suv sepgan.. beburd, yoltnchi qizni [Haydar] shu tobda achchiq, alamli soʻzlar bilan chaqib olgisi.. kelardi. S. — Ahmad — Oydin kechalar.
- Chuchvaraga murch sepmoq. Goʻshtga tuz sepmoq. m
- Xolnisa yoziq xamirga bir oz urvoq sepdi-da, oʻqlogʻini aylantirib, yana yoyishda davom etdi. S. — Nurov — Narvoy.
- Bu odam shoshmasdan tuxumni archidi, hafsala bilan tuz sepib, ogʻziga soldi.. — A. Qahhor — Asarlar.
- Bolam, shu mushtipar, shu baxtsiz onangning yarasiga tuz sepmasang, yurak-bagʻrini qon qilmasang, da-dang keltirgan xabarni aytaman. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mehnat qilmay rohat koʻrmas, urugʻ sepmay ekin oʻrmas. — Maqol. n
- -Hoy chol, manavi yer oʻlgur shunday yotmasin.. Ozgina sabzi urugʻi sepib qoʻysangiz-chi? — dedi Toʻxtabuvi. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Yogʻdu sepmoq. yat Kechaning oltin chechaklari ogʻochlar ora-sidan nur sepadi. — Uygʻun — Asarlar.
- Keng, te-kis koʻchaga uzoqdan chiroqlar tuman ichida xira, sovuq nur sepadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yaxshilik urugʻini sepmoq. yaya Nizomulmuluk fitna urugʻini uzoqni moʻljallab, juda maxfiy sepmoqda. — Oybek — Navoiy. Oʻtga (yoki olovga) kerosin sepmoq Gap yoki biror ish-harakat bilan kimsaning alamiga alam qoʻsh-moq; kayfiyatini battar buzmoq.
- Qodirqul.. turqini buzmay, yana Hasan akaning oʻtiga kerosin sepdi. — A. Muhiddin — Inson qalbi otash.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0