Izohli lug‘at
sezgir
сезгир
Ma’nolari
- Sezish qobiliyati kuchli, tashqi taʼsirni tez sezadigan.
- Tez fahmlab oladigan; ziyrak, hushyor; fahm-farosatli.
- Eng kichik oʻzgarishlarni ham qayd etadigan.
Misollar
- Sezgir qiz.
- U [Tojiboy] endi tulkidek ayyor, boʻridek sezgir boʻlib qolgan edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi
- Ibodov yumshoq supurgi boʻlsa-da, tabiatan sezgir, ziyrak odam edi. — F. Musajonov — Himmat
- Boshliqning xuishuomala, madaniyatli boʻlgani yaxshi-yu, qani endi u yana sezgirroq, gʻamxoʻrroq ham boʻlsa. — F. Musajonov — Himmat.
- Sanʼatkorning ichki dunyosi, murakkab ijodiy shaxsiyati alohida sezgir boʻladi, hayotni tushunish bilan oʻtkirlashgandir. — Gazetadan
- Sezgir tarozi.
- Chuqur quduqlarga va yer yuziga oʻrnatilgan sezgir asboblar qattiq yer poʻstlogʻida mikroskopii darzlar hosil boʻladigan paytni payqaydi. — Gazetadan
- Adabiyotni haqli ravishda eng sezgir barometrga qiyos etishadi. — "OʻTA"
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0