Izohli lug‘at
shajara
шажара
Ma’nolari
- Maʼlum bir urugʻ avlodlarining kelib chiqishi va oʻzaro qarindoshlik darajasini izchillik bilan koʻrsatuvchi roʻyxat, tarix; silsila.
Misollar
- Somoniylar shajarasining soʻnggi butogʻi boʻlgan podsho Nuh binn Mansur kasalmand odam edi. — M. Osim — Kitobga ixlos.
- Shajaramiz bor. Unda barcha ajdodlarimizning tarixi yozilgan. — A. Hakimov — Ilon izidan.
Kelib chiqishi
arab. شَجَرَة — daraxt; daraxt shaklida tuzilgan sxema
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0