Izohli lug‘at
shaloq
шалоқ
Ma’nolari
- Qismlari eskirib, boʻshashib, futurdan ketgan; buzuq.
- Holdan toygan, charchagan; ezilgan.
- Axloqi buzuq, bezori.
- Axloq doirasidan tashqari; axloqsiz, uyatli, buzuq.
- Shalogʻi chiqqan shaloq 1.
- Ogʻzi shaloq Uyatli, behayo iboralarni tilga oladigan; tap tortmay soʻkinaveradigan.
- Ogʻzini shaloq qilmoq Shaloq soʻzlarni aytmoq, uyat, behayo soʻzlar bilan soʻkinmoq.
Misollar
- Shaloq arava. Shaloq mashina.
- Chiroqni topdi, uni yoqib, kichkina shaloq xontaxta ustiga qoʻydi. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Aʼzoyi badanim goʻyo birov kaltaklab tashlagandek shaloq. — "Mushtum".
- Shaloq odam. Shaloq xotin.
- -Xafa boʻlmang, singlim, — yupatdi mudira. — Unaqa shaloq erning boridan yoʻgʻi! — S. Anorboyev — Mehr.
- Boqi aka eng shaloq soʻzlar bilan soʻkingancha, Haydarga tashlandi. — A. Koʻchimov — Halqa.
- Bir toʻda odamlar bir dasta aksiyani changallaganlaricha, u yoq-bu yoqqa chopishar.. bir-birlarini shaloq gaplar bilan soʻkishar, ovozlari boʻgʻilguncha baqirishardi. — Yo. Xaimov, M. Rahmonov — Hayot-mamot.
- U bolaligidan boshlab shaloq yurishlar haqida koʻp eshitgan.. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Shalogʻi chiqqan etik.
- -Redaktor shalogʻi chiqib ketgan eski "Moskvich"ini beradigan, men kallayi saharlab Jarquduqqa joʻnaydigan boʻldim, — dedi Uchqun. — O. Yoqubov — Bir felyeton qissasi.
- Uning ogʻzi shunaqa shaloq, bodi kirib, shodi chiqaveradi. — O. Husanov — Toshga suv sepsang.
- Lekin narigisi kassadan kelgandan beri ogʻzini shaloq qilib soʻkingani-soʻkingan. — A. Muxtor — Tugʻilish.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0