Izohli lug‘at
sharh
шарҳ
Ma’nolari
- Biror narsaning mazmuni, mohiyatini ochib berish, tushuntirib berish; izohlash, izoh.
- Sharh qilmoq (yoki etmoq) Yozma yoki ogʻzaki tarzda sharhini bermoq, aytmoq; sharxlamoq.
- Sharhi dil Dildagi bor gaplarni ochiq-oydin bayon qilish.
Misollar
- Sharxlar bilan chiqarilgan Navoiy asarlari.
- Abdurahmon.. kutilmaganda jonlanib ketdi. Yaʼni "Aqoid"ning sharhiga yaxshi tushunishga yeng shimardi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Gohi xudman, gohi bexud, Shavqu dardim sharh qil. — E. Vohidov.
- Oʻz tuqqan qishlogʻimning shu bugungi tongini Koshkiydi sharh etolsam bu bir kichik sheʼrimda. — P. Abdullayev — Mening qishlogʻim.
- Sharhi dilim kimga yozsam, Shakar deb dunyoni kezsam. — "Shirin bilan Shakar".
Kelib chiqishi
arab. – tushuntirish, izoh, tavsif; eslatma
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0