Izohli lug‘at
shaxsiy
шахсий
Ma’nolari
- Shaxsning oʻziga tegishli boʻlgan, shu shaxsning oʻzi foydalanadigan; xususiy, oʻz.
- Shaxsiy tarkib Korxona, muassasa, harbiy qism va shu kabilarda ishlaydigan, xizmat qiladigan kishilar tarkibi.
Misollar
- Shaxsiy mulk. Shaxsiy kutubxona. Shaxsiy javobgarlik. Shaxsiy manfaatlarni jamoat manfaatlari bilan birga qoʻshib olib bormoq.
- Har birimizning jamoat, davlat ishidan tashqari, shaxsiy yumushlarimiz bor. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Har bir yozuvchining mehnatga, hayotga, oilaga, kishilarga oʻzining shaxsiy munosabati boʻladi. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi.
- Diviziyaning shaxsiy tarkibi. Brigadaning shaxsiy tarkibi.
Kelib chiqishi
arab. – shaxsga oid, tegishli; subyektiv; xususiy
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0