Izohli lug‘at
sherik
шерик
Ma’nolari
- \a. - birga qatnashuvchi,
- ishtirokchi] 1 Biror ish-harakatni birga bajaruvchi; hamkor. Ahmadjon sherigi bilan granatalarni chogʻlab, hayot-mamot paytini kutib turishdi. A. Qahhor, Oltin yulduz.
- [
- Teng sherik q. teng.
- Oʻzaro birga boʻlgan shaxs, birga ho-latdagi shaxs (birga turgan, birga yurgan va h.k.). Ikki kishilik palataga joylashdik. Sherigim betlari qip-qizil, oʻsiq qoshlariga bitta-ikkita oq tushgan.. bir kishi edi. N. Aminov, Qaltis hazil. Uzunrogʻi toʻxtadi, sherigi yugurgilab keldi.. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- Biror jihatdan, qaysidir jihat bilan oʻzaro birga (birgalikda) boʻlgan ikki shaxs yoki shaxslar; ogʻayni, doʻst va sh.k. shaxslar.
- Biror narsaga bir xilda talabgor, bir tan boʻlgan shaxs.
- (faqat 3-sh. birl. shaklida — sherigi) Bir xil yoki bir juft narsalar-ning har biri. Bu tuflining sherigi qani? n Bu qoʻyni olib borib, sherigi bilan yana bir-ikki oy boqing.. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
Misollar
- Qodirqul:] Jim, ahmoq! Boyning bultur kuzak bir qashqa oti yoʻqolgan. Ikki ming soʻm puli saroydan oʻgʻirlangan. Shularni ham sen oʻgʻirlagansan. Gapir, sheriklaring kim-lar? — Hamza — Boy ila xizmatchi. Doʻsmatov tuproqni kanal oʻzanidan chekkaga otib be-rar, sherigi esa nariga itarardi. "Oʻzbekis-ton qoʻriqlari".
- Jang yillari ikki hamxona Bir mayizga edi teng sherik. — 3. Obi-dov — Yaxshi niyat. Sherikmisan, hammolmi-san? Biror ishni birga amalga oshirishdan manfaatdor boʻlgan kishi yordamlashmay qoʻyganda aytiladigan hazilomuz matal.
- E, sherikmisan, hammolmisan ? Puflasang-chi! — H. Shams — Dushman.
- Ravshan tushlikda shoʻrvaga navbat oldi. Sheriklari tandirdan yangi uzilgan somsani stolga uyib, jam boʻlishib, Ravshan -ni kutib turishdi. — "Yoshlik".
- Avaz sheriklari bilan daxma eshigidan chetroqda turibdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Xullas, ikki gruppaga bir xilda xizmat qilganim uchun, unisi gʻolib chiqsa ham, bunisi gʻolib chiqsa ham, mukofot-ga sherikman. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovun-lar mamlakati.
- Bu yerdan bir qop oltin to-pib oldim. Sherik boʻlaman desang, chiq! — O. Yoqu-bov — Izlayman.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0