Izohli lug‘at
shiddat
шиддат
Ma’nolari
- Harakatdagi narsalarning, hodisalarning intensiv kuchi, yuqori kuch va surʼat.
- Zoʻr gʻayrat, shijoat.
Misollar
- Shamol shiddati. Yomgʻir shiddati pasaydi. Shiddat bilan hujum boshlamoq.
- Terim shiddati zoʻraygandan zoʻrayib bormoqda. — Gazetadan.
- Nabijon qiz tovushining shiddatidan taajjublanib.. uning koʻzlariga qaradi. — H. Gʻulom — Zamin yulduzlari.
- Shernazarboyning shiddati zoʻrayib, qalʼani battarroq toʻpga tuttirdi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Tomlarda, daraxtlarda qor ancha qalinlashgan. Yana shiddat bilan yogʻishda davom etadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kun oʻtdi, kun ketidan kun keldi, lekin togʻ qazuvchilar shiddati zarracha ham boʻshashmadi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Chu! — deb shiddat beradi Gʻirkoʻk tulpor otiga. Hay attang, deb mard Hasan Shart uradi soniga. — "Ravshan".
Kelib chiqishi
arab. – kuch, qudrat; gʻayrat; qatʼiylik; balo, ofat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0