Izohli lug‘at
shimirmoq
шимирмоқ
Ma’nolari
- ayn. simirmoq.
Misollar
- Ayronni shimirmoq. Yaxna choyni shimirmoq. Mayni shimirmoq. m
- Yigit yugurib borib, qoʻton orqasidagi oʻtovlarning biridan meshda qi-miz olib keldi. Ochil buva, Azimjon, shofyor, navbatlashib, ikki kosadan shimirdilar. — A. Muxtor — Chinor.
- Marhamat, togʻning toza havosini shimirib, oldinga yurar ekan, goʻzal manzaralar bahrini ochdi. — T. Rasulov — Mar-hamat.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0