Izohli lug‘at
shinam
шинам
Ma’nolari
- Kishining bahridili ochi-ladigan, koʻrkam; ixcham va qulay (joy ha-qida).
- Yarashib tushgan; yarashikdi, ixcham.
- Xush yoqadigan, yoqimli, maroqli.
Misollar
- Shinam xona. tsh Oxirgi bekatda shi-namgina choyxona ham bor ekan. — N. Fozilov — Diydor.
- Qatortolliklar chiroyli va shinam uylarni koʻrgach, yuraklari sevinch-quvonch bilan toʻlib-toshdi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Kavushdoʻz Isoq otaning shahar tash-qarisida uch tanob keladigan shinam bogʻi bor. — M. Osim — Tilsiz guvoh.
- Bogʻda hovuz boʻy-laridagi shinam shiyponlarga yozilgan das-turxonlar yozilganicha qolib ketibdi. — O. Yoqu-bov — Diyonat.
- Qabulga kelgan qiz shinamgina tuflisining baland poshnalarini taqillatib, stul oldi-ga yurib keldi-da, atlas koʻylagining etak-larini astagina yigʻishtirib, noz bilan stulga oʻtirdi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Boʻlis bularning hammasini yaxshi taniy-di, biroq Oʻtapning yonida oʻtirgan oʻrta boʻy-li, ozgʻingina, shinam kiyingan yigit unga notanish. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Bu zavq Dul-dulbekning goʻshtdor sholgʻom burnini ham chimchilab qoʻygandek shinam va goʻzal qilib koʻrsatardi. — Mirmuhsin — Soʻgal.
- Uning shinam ovozi goʻyo "Koʻcha bogʻi" uchun, "Koʻcha bogʻi"ning maftunkor ohangi esa Gʻulomjon uchun yaratilgandek yangrar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Yashil uvatlarda zavqli qoʻ-shiqlar, Shavqli hangamalar boʻlar koʻp shinam. — Gʻ. Gʻulom.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0