Izohli lug‘at
shitob
шитоб
Ma’nolari
- . Harakatning bajarilishidagi tezlik; shoshilish, oshiqish.
- . Tezlik bilan, tez.
- Shitob qilmoq (yoki aylamoq) Tezlik bilan harakat qilmoq; shoshilmoq.
Misollar
- Jonim olurgʻa keldingiz, Muncha shitobingiz nima? — Huvaydo. —
- Kema suvning shid-datiga dosh berolmay chayqalar.. Gʻayrat boʻ-tana suvning shitobiga qarab oʻylardi. — M. Hazratqulov — Jurʼat.
- Velosipedni shitob haydab kelganidan, nafasi ogʻziga tiqilib, aft-basharasi terlab ketgan edi. — H. Nazir — Koʻkterak shabadasi.
- Kelganining ikkinchi kuniyoq shitob remontga unnadi. — H. Shams — Dushman.
- Har ishda shitob qilmagʻaysan, Bu demak, murodgʻa yetmagʻaysan. — "Fan va turmush".
- Oynakoʻlga borib qoldim, aylab men shitob, Koʻk kamzulli u ohuni izlab sarsari. — A. Oripov.
Kelib chiqishi
fors. –shoshilgan; shoshqaloqlik, hovliqmalik; tezlik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0