Izohli lug‘at
shogird
шогирд
Ma’nolari
- Biror usta, mutaxas-sis yoki olimdan hunar, kasb, bilim oʻr-ganayotgan (oʻrgangan)shaxs (ustozga nisba-tan).
- Biror kimsaning ishi yoki taʼlimo-tining tarafdori, uni davom ettiruvchi; muxlis, izdosh.
Misollar
- Shogird tushmoq. Usta koʻrmagan shogird har maqomga yoʻrgʻalar. — Maqol. ■■
- Ajabo, ustozning inson qalbiga solgan ijod ishqi shogirdning matonati bilan qoʻshilsa, moʻʼ-jiza tugʻilar ekan. — "Guldasta".
- Oxunjon qi-ziq — mashhur Yusufjon qiziq Shakarjo-novning shogirdlaridan biri. — "Mushtum".
- Shunday nufuzli olimning shogirdi boʻlish uncha-munchaga nasib qilmaydi. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- Har bir insofli ustod oʻz muborak umrining durdona yakunlari deb shogirdlarini hisoblaydi. — Gʻ. Gʻulom — Janobi insonlardan biri.
- Oʻzini oldi-qochdi sargu-zashtlar piri Anvar poshshoning shogirdi deb yuruvchi, chindan ham shu sayoq turk zobitining muxlisi boʻlgan Komil afandi har galgiday.. oʻzustoziga takrshd qildi. — H. Gʻulom — Maigal.
Kelib chiqishi
\f. j— oʻrganuvchi, xal-fa; izdosh; oʻquvchi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0