Izohli lug‘at
shohona
шоҳона
Ma’nolari
- Podsholarga xos, shohlarda boʻladigan; oliy darajadagi, juda yaxshi.
- Dabdabali, xashamatli.
- Eng yirik va eng yaxshi, olam-shumul. Kosmosga birinchi odamning.. parvoz qilishi kishilar ijodiy mehnatining shoho-na samarasi boʻldi. Gazetadan.
Misollar
- Shohona kiyim. Sho-hona jihoz. Shohona kiyinmoq. Shohona yasha-moq. sht Butun majlisni
- [Husayn Boyqaro] oʻzining shohona ziyofatiga taklif etdi. — Oybek — Navoiy.
- Shu orada tiktirdi oʻziga libos, Bir liboski, shohona, shoh qiziga xos! — Shuhrat.
- Oʻziga oʻzi zehn solib, shohona qadam bilan zalga qarab yurdi. — Sh. Xolmirzayev — Ogʻir tosh koʻchsa.
- Pulin-giz sandiqqa sigʻmayotgan boʻlsa, kaminaga bering, men oʻzim shohona uy-joy qurdirib beraman. — O. Yoqubov — Diyonat.
- Mana shu yangi imoratda dabdaba bilan shohona toʻy ber-moqchi boʻlib, chor tomonga chopar choptirdi. — "Mushtum".
- Uning [Push-kinning) shohona asarlari yana koʻplab yangi sanʼat durdonalarini yaratishga asos boʻldi. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
f. شاهانه – podshohlarcha, podshohga oid; viqorli; hashamatli
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0