Izohli lug‘at
shom
шом
Ma’nolari
- Quyosh botib, qorongʻilik tusha boshlagan payt va shu paytda oʻqiladigan namoz.
- Quyosh botgandan boshlab, magʻrib uf-qidagi qizil shafaq koʻrinmay qolguncha oʻqiladigan namoz (besh vaqt namozning toʻrtinchisi).
- Qorongʻilik
- Oy shom yedi yoki shom yeb chiqqan oy Shomdan keyin paydo boʻladigan, chiqadigan oy, oyning shu vaqtda chiqishi haqida.
Misollar
- Odamlar tashqariga chiqqanda, shom qorongʻisi choʻkkan edi. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
- Anzirat bilan Anorxonning sariq va koʻk roʻmollarigina shom qorongʻisida sharpa-day miltillardi. — Oybek — O.v. shabadalar.
- Shomni oʻqigandan keyin Anvar Sultonali mirzodan izn olib chiqdi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Machitdan shom azoni eshitildi. Supadagilar bahsni toʻx-tatib, tahoratga qoʻzgʻalishdi. — Sh. Toshma-tov — Erk qushi.
- Hovliga shom tushdi. Avaz derazani ochib "Jumaniyoz!" deb chorladi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Tun yarimdan oshgan. Shom yeb chiqqan oy oʻrmon ustlariga oʻzining sutday oq pardalarini toʻshagan. — 3. Fatxullin — Soʻnmas yulduz.
- Uzoq-da, baland teraklar orqasida shom yegan oy koʻrindi. — O. Husanov — Qoʻshiqchining takdiri. Umr shomi Umrning oxirgi, tugash pallasi.
- -Ha, kela qol, shervachcha! — dedi mamnunlik bilan Sakson ota kulib — Umr shomiga yetsak ham, yurakda oʻtimiz bor. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Kelib chiqishi
f. ^Li, — kechki ovqat; kechki payt, oqshom
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0