Izohli lug‘at
shotir
шотир
Ma’nolari
- Podsho, xon kabi oliy amaldorlar otini yetaklab, tu-tib yuruvchi navkar; jilovdor.
- kest. Birovning xizmatini yugurib-yelib qiladigan xizmatkor; yugurdak.
- Xon yoki shohni oʻtqazib, koʻtarib yuriladigan maxsus oʻrindiq; taxtiravon, maofa.
Misollar
- Shohlarning oldida boʻlar shotiri, Yovcha boʻlar yigitlar-ning botiri. — "Ravshan".
- Sultan Sullohovning shotirlari tipirchilashib qolishdi: buxgalter Shotursun Shomirzayev bir bolani magazinga yugurtirdi. — T. Alimov — Xirgoyi.
- -Komissiya! — deb xitob qi-libdi Gʻaniyev. Shundan keyin shotirlarning oyogʻi yerga tegmay, u yoq-bu yoqni yigʻishtirish-ga tushishibdi. — Gazetadan.
- Ichkaridan xon koʻrindi, uni toʻrt navkar shotirda olib kelardi. — J. Sharipov — Xorazm.
Kelib chiqishi
[a. - epchil, mohir; ayyor; oʻtkir zehnli, akdli]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0