Izohli lug‘at
shumshuk
шумшук
Ma’nolari
- Qilmishi, yomon xatti-harakati bilan kishiga xunuk koʻrinib qolgan, yoqimsiz holatga tushgan; yoqimsiz.
- Shunday holatga nisbatli haqoratni bildiradi.
Misollar
- Mendan hech kim xabar olmay qoʻydi. Hammaga shumshuk koʻrinib qoldim. — Gʻ. Gʻulom — Tirilgan murda.
- Vali bultur choʻldan beruxsat joʻnaga-ni, toʻgʻrirogʻi, qochvorgani maʼlum boʻlgach, tanish-bilishlari oldida shumshuk boʻlib, oʻz rayoniga sigʻmay qolgan. — H. Nazir — Oʻtlar tutashganda.
- Toʻnsiz karaxt boʻlib kelgan Mu-qimiy qaynana koʻziga juda shumshuk koʻrin-gan edi. — S. Abdulla — Mavlono Muqimiy.
- -E, shumshuk, "Domla-imom och qolsa, bozor kezadi, soʻfi och qolsa, mozor kezadi", degan maqolni eshitganmisan? — dedi mulla Mamasolih Hudhud soʻfiga. — N. Maqsudiy — Laylatulqadr.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0