Izohli lug‘at
sichqon
сичқон
Ma’nolari
- Yer yuzida keng tarqalgan, xavfli kasalliklar tarqatadigan kichik kemiruvchi sutemizuvchi hayvon.
- Muchal yil hisobida birinchi yil nomi.
Misollar
- Shu payt ammamning yaqinda bolalagan targʻil mushugi, ogʻzida sichqon tishlagancha, uyga kirib ketdi. — R. Azizxoʻjayev — Yashil chayla
- Qayerdadir yulgʻun tagida choʻl sichqonimi, nimadir nogoh shitirladi-yu, Zulxumor choʻchib tushdi. — M. Mansurov — Yombi
- Uning yili - sichqon.Sichqon yili - muchal yil hisobida birinchi yil (q. muchal).Arslonning oʻligi - sichqonning tirigi - katta martabali kishi martabasidan tushganda ham, oddiy kishilardan yuqori turadi, kattaligicha qoladi, degan maʼnodagi ibora.Sichqon sigʻmas iniga, gʻalvir bogʻlar dumiga - imkoniyatlarini hisobga olmay daxmaza ortgirgan kishiga nisbatan aytiladigan maqol.Sichqon surdi - kasallikdan endigina tuzalgan kishi birinchi bor uyidan chiqib, biror joyga borganda aytiladigan ibora.
- -Hamzaxonni bugun-erta sichqon surdi qilib, koʻchaga olib chiqamiz, xolajon, xudo xohlasa, - dedi Umar polvon qoʻlidagi tugunni Jahonbuviga uzatib. — Komil Yashin — HamzaSichqonning ini ming tanga - qochishga joy topa olmay qolingan paytda aytiladigan ibora.
- Madrasalar ham jimjit, falakiyot mudarrislari, handasayu riyoziyot mullolari uchun sichqonning ini ming tanga boʻlib ketgan edi. — Mirmuhsin — Meʼmor
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0