Izohli lug‘at
sihat
сиҳат
Ma’nolari
- [a. — sogʻlik, salomatlik
- chinlik, haqiqiylik; toʻgʻrilik) Tan sogʻli-gi, sogʻlik, sogʻlomlik.
- Sihat topmoq ayn. sihatlanmoq.
Misollar
- Sihatingizyaxshimi? Tan-joningiz sihatmi? Sihat tilasang — koʻp yema, izzat tilasang — koʻp dema. — Maqol. m
- Seryomgʻir, rutubatli Mozandaron Ibn Sinoning sihatiga futur yetkazgan, quv-vatdan ketkazgan edi. — M. Osim — Ibn Sino qissasi.
- Sihati bugun xiyla durust, lekin avvalgi kunlardagi kabi ruhiyatiga ezgʻin bir titroq solib, quloqlari ostida betinim dengiz shovqiniyu oʻtakasi yorilgan odam-larning ohu faryodlari toʻxtovsiz eshitil-moqda. — N. Qilichev — Chigʻiriq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0