Izohli lug‘at
sira
сира
Ma’nolari
- I 1 Aslo, asti, mutlaqo, hech.
- [faqat boʻlishsiz fl. bilan] Hech qachon, hech vaqt.
- (faqat soʻroq gaplarda) Biror marta, hech.
Misollar
- Buning sira iloji yoʻq.
- Ahmad bu gapni sira kutmagan edi, tok urgandek eti jimirlashib ketdi. — F. Musajonov — Himmat.
- Avji qish vaqti boʻlsa ham, yerda sira qor yoʻq. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- U oʻtirganlardan sira maʼn tortmasdan sheʼrini baland ovoz bilan yoddan oʻqidi. — K. Yashin — Hamza.
- Endi bu yerga sira kelmayman. Bari bir, men Gulnor opani unutmayman sira, uni koʻrgani tez-tez kelib turaman. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kanal ochilgan kun esingizda bormi? Kanaldan oqqan chiroqlar koʻz oldimdan sira ketmaydi. Bu oʻyin emas, xalqning orzusi edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- -Shahodat muftingizning aftiga sira qaraysizmi? Shoiringizning pichinglarini payqaysizmi? — dedi Anvar Sultonaliga. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Siz otamisiz, nimasiz axir, oʻgʻlingizni tiyib olish sira esingizga keladimi? — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0