Izohli lug‘at
siyosat
сиёсат
Ma’nolari
- boshqarish; rahbarlik qilish, boshlab borish] Davlat hokimiyati shakllarini amalga oshirish va boshqarish; davlat hokimiyatining mamlakatni boshqaruvda va xalqaro munosabatlarda tutgan yoʻli; davlatni boshqarish sanʼati.
- Hiyla-nayrangga asoslangan, yoʻliga qilingan ish, xatti-harakat; ustomonlik.
- s. t. Doʻq, poʻpisa, qoʻrqituv.
Misollar
- Ichki siyosat. Tashqi siyosat. n
- Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston Respub-likasining davlat siyosati yangicha maʼno va mazmun kasb eta boshladi. — "OʻzME".
- Bu kungi sharoit tajribali xonni boshqacha siyosat ushlashga majbur etdi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Shu joyda raisning obroʻsi sal darz ketibdi. U oʻzining biyligini siyosat bilan oʻtkazmoqchi boʻlgan ekan-u, boʻlmabdi. — N. Fo-zilov — Diydor.
- Dehqon, kosib xalqi no-tinchlanib qoldi: albatta, ularning bolala-ri ketadi-da, farmonda mardikor deyilgan, ammo, Salim aka, menimcha, bu narsa bir siyosat, bir aldov boʻlsa kerak. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- [Navoiy:] Tahdid va siyosat emas, mehribotgik darkor. — Oybek — Navoiy.
- [Beklar:] Siyosat uchun bit-ta igʻvogarning boshini kestirmoq zarur! — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Ha, odamlar ay-tar edi, Azroil jon oladigan boʻlganda, shunday siyosat bilan, haybat bilan keladi, deb. — "Murodxon".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0