Izohli lug‘at
soat
соат
Ma’nolari
- Sutkaning yigirma toʻrtdan bir ulushiga teng vaqt va shu muddatni koʻrsatuvchi vaqt oʻlchovi.
- Tush paytidan yoki yarim kechadan boshlab shu oʻlchovda hisoblanadigan vaqt oraligʻi; payt.
- Vaqtni sutka davomida shu oʻlchovda oʻlchaydigan asbob.
- Oʻquv mashgʻuloti uchun belgilangan 40 minutli yoki 45 minutli vaqt, dars.
- Umuman, vaqt, fursat, payt, on.
- Maʼlum maqsad uchun belgilangan, xos vaqt.
- Soat (erkaklar ismi).
Misollar
- Bir soat — oltmish minut. Oradan uch soat oʻtdi.
- Otabek Margʻilonga har nimadir bir soat ilgariroq yetish uchun oshiqar edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Ellik qadamcha yoʻlni, nazarimda, bir soatda bosganday boʻldim. — S. Siyoyev — Yorugʻlik
- Qutidor, odatiga qarshi, bozordan kunduz soat uchlarda qaytib keldi-da, Otabekni soʻradi.. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Majlis ponna-poca soat birda boshlandi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- [Hasanali] Uxlamay kutib oʻtirdi. Ammo [Otabek] tungi soat oʻn bir boʻlsa ham kelmas, oʻn ikkida ham daraksiz edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Solih ish vaqti tugashiga ikki soat qolganda narsalarini yigʻishtirdi. — O. Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv.
- Oltin soat. Choʻntak soat. Devor(iy) soat. yaya Charm kamzulli yigit yon choʻntagidan zanjirli soatini oldi, qopqogʻini qirs etkizib ochdi. S. — Siyoyev — Yorugʻlik.
- Vrach Mamlakatning tomir urishini soatiga qarab oʻlchadi. Oʻ. — Usmonov — Sirli sohil
- Oʻzbek tili uchun haftada toʻrt soat ajratilgan.
- Bir oʻquvchining bir soat dars qoldirishi hamuning bilimiga taʼsir qiladi. — Gazetadan — —
- Tole soatini kutmoqdan oʻzga ilojimiz yoʻq [dedi podshoh Navoiyga]. — Oybek — Navoiy.
- Bu kungi kech Otabek bilan Homidning qaysi birlarining soʻng soatlari yetganligi shu qorongʻi tun kabi qorongʻi edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Meʼmor boʻlsa ikki shogirdning sap quyushqondan chiqib, taltayishayotganidan ensasi qotib kelardi: koni shundok yaxshi soatlarda uning yonida oʻgʻli Nizomiddin ham boʻlsa! — Mirmuhsin — Meʼmor
- Qabul soatlari. Ish soati. yaya Urdaga aloqasi boʻlmagan kishilar boqqa kirolmaslar, fakat haftada bir kun koʻngil ochish soatlarida, baʼzi mustasno zotlar uchun bogʻning yoʻli ochiq boʻlar edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon
Kelib chiqishi
a. سَاعَة — aniq bir vaqt, lahza; 60 daqiqali vaqt
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0