ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

sodsa

содса

Ma’nolari

  1. Tu-zilishi, tarkibi jihatidan murakkab boʻl-magan; oddiy. Sodda mexanizm. Kimyoviy sod-da moddalar.
  2. Sodda gap tlsh. Oʻz tarkibida birgina predikativ birlikka ega boʻlgan, maʼlum fikr ifodalay oladigan gap. Sodda kesim tlsh. Bir mustaqil soʻz orqati ifodalangan kesim. Sodda son 1) mat. oʻzidan boshqa son-larga butun boʻlinmaydigan son; 2) tlsh. birgina soʻzdan ifodalangan son. Sodda suz Tarkibida birgina lugʻaviy maʼnoli qism boʻlgan soʻz.
  3. Yechilishi, oson, yengil, joʻn. Sodda ma-sala. n Teshaboyning hisobi sodda: birga — oʻn!M. Ismoiliy, Fargʻonat. o.
  4. Tushunilishi oson, ravon. Maqola om-mabop, ravon va sodda tilda yozilgan edi, F. Musajonov, Himmat. Marshal aslida soʻz qidirmasdan, sodda va aniq iboralar bilan gapirsa-da, bu soʻzlarni ohista talaffuz etardi. Gazetadan.
  5. Ortiqcha hashami, bezagi yoʻq, juda ham oddiy. Sodda uy. m Soddagina chodirda yol-gʻiz yashagan Navoiy dilgir, sertashvish edi. Oybek, Navoiy. [Kumush] Shu soddagina yasa-nishdan soʻng ikkinchi tokchada tirogʻlik turgan koʻzgu yoniga bordi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
  6. Ortiqcha takalluf yoki quvlik-shum-likni bilmaydigan; oddiy, kamtar, sodda-dil. Sodda odam, n Sherali bu sodda, samimiy qizning bolalarcha xatti-harakatini koʻrib, taajjublandi. S. Karomatov, Oltin qum. Sodda xotin erining kuyib-pishib ayt-gan bu gaplariga astoydil ishondi. Sirii birovga aytmaslikka vaʼda berdi. S. Ahmad, Saylanma. Noyib kuldi: -Soddasan, Akbar-ali! Podsholik hamma vaqt yurtning obroʻli odamlarini himoya qiladi. Obroʻ davlat bilan topiladi, muni bilasan. Choʻlpon, Kecha va kunduz.
  7. Goʻl, laqma. Sodda siri — tilida, pis-miq sakrzar dilida. Maqol. sht Men sodda shu-ning gapiga ishonib oʻtiribman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
  8. Soddalarcha qilingan, yuzaki. Elmurod Tojiboyning.. sodda va begʻubor mulohazasi-dan zavqlanib kuldi. P. Tursun, Oʻqituvchi.

Kelib chiqishi

f. "jLoi — murakkab boʻlmagan, oddiy; sodsadil, koʻngilchan; kamtar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0