Izohli lug‘at
sohib
соҳиб
Ma’nolari
- [a. — hamroh; doʻst, oʻrtoq
- ega, xoʻjayin] 1 Egalik qiluvchi; ega. Uy so-hibi. n
- Sohibi davlat Davlat egasi, badavlat, davlatmand. Sohibi toj Toj egasi, tojdor (shohlar, podshohlar haqida).
- Biror ilm-hunar yoki xislat, fazi-latni egallagan. [
- Sohib(i) karomat Karomat qiluvchi, ka-romatli; moʻʼjizakor.
- Sohib (erkaklar ismi).
Misollar
- Orol dengizining janubidagi shu bepoyon choʻllarning sohibi boʻlgan koʻchmanchi massagetlar kelin kutmoqda. — M. Osim — Karvon yoʻllarida.
- Quvurlarni almashtirib olishdan xonadon sohiblari voz kechdilar. — Gazetadan.
- Qozi:] Yana oʻzingiz sohibi aqlsiz. — Hamza — Tanlangan asarlar.
- Shu tarz-da bu serqirra faoliyat sohibining merosi sheʼrlar, doston va manzumalar, hikoya va povestlar, ocherk va publitsistik asarlardan iboratdir. — Gʻ. Gʻulom — Tanlangan asarlar.
- Odamlar Sulton de-vonani "otashnafas vali" deb maqtashar edi. Oʻsha nodon, aldangan kishilarning maqtab.. yurgan sohibi karomati, bir aljillab oʻtir-gan bangi ekan. — M. Muhammadjonov — Turmush urinishlari. Qalam sohibi yoki sohib kalam Qalam tebratuvchi; yozuvchi.
- Seni yaxshi taniyman-ku! Sen — sohib qalam, sen — shoir-san. A. Oripov.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0