Izohli lug‘at
sokin
сокин
Ma’nolari
- [a. — tinch, yuvosh, xotir-
- jam; qoʻzgʻalmas, harakatsiz; bir joyda is-tiqomat qiluvchi] 1 sft. Sukunatga choʻmgan, jimjit. Oydin ok,shomlarda qishloqning so-kin koʻchalarida Mansur bilan jimgina ke-zishlarning ham.. ajib bir gashti bor edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- —Oʻzbek tilining izohli lugʻati
- sft. Harakatsiz, tinch.
- sft. Past, bosiq (ovoz haqida).
- Asta-sekin, bir maromda.
- Xotirjam, osoyishta.
Misollar
- Kafe sokin va tinch, odam siyrak, atrof katta daraxt-lar bilan oʻralgan. — F. Musajonov — Himmat.
- Qizhamon qoʻngʻiroqdek kular, sokin bogʻuning shodon qahqahasi bilan toʻlgan edi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Dengiz sokin. Mening koʻnglim Boʻron tilab turibdi.. — X. Davron — Qaqnus.
- Kuzak shamollari esdilar yana, Sokin yuragimda tuygʻular qoʻzgʻab. — A. Oripov — Hayrat.
- Oppoq bulut izgʻir sarosar, Oppoq bulut sokin osmonda. — R. Parfi — Koʻelar.
- Yodgor gʻuvillab ketayotgan boshini bazoʻr koʻtarib qaradi: Mahmuda Aliyevna hamon oʻsha sokin ovozda gapirar edi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Nim shabadada.. azim chinorning sirli bagʻridan chiqib kelgan sokin va qud-ratli shovullash olamni tutdi. A. — Muxtor — Asarlar.
- Tiniq moviy osmonda parcha-parcha oq, pushtirang bulutlar sokin suzadi. — N. Aminov — Yolgʻonchi farishtalar.
- Nomiga yarasha qoramtir suv sokin, viqorli oqadi, tollarning yoʻgʻon qiz-gʻish ildizlarini yuvadi. — H. Gʻulom — Binafsha atri.
- Saroy vaziri podsho huzurida oʻzini sokin va betakalluf tutgan hakimni birinchi marotaba koʻrishi edi. — M. Osim — Ibn Sino qissasi.
- Temirjon-ning boqishlari sokin, qomati ham xuddi ta-biatiga mos tushganday nozikkina. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0