Izohli lug‘at
sovuq
совуқ
Ma’nolari
- Past harorat, past temperatura.
- Sovuqlik ovqatlarni koʻp isteʼmol qilish natijasida organizm faoliyatining susayishi.
- Temperaturasi belgili chegaradan past yoki juda ham salqin, ayoz.
- Harorati, temperaturasi past.
- Isitilmagan, qizitilmagan.
- Sovigan yoki sovitilgan, yaxna.
- Oʻziga jalb qilmaydigan; yoqimsiz.
- Koʻngilga yoqmaydigan, xush kelmaydigan; qoʻpol, dagʻal.
- Yoqimsiz, koʻngilsiz, noxush.
Misollar
- Sovuq oyoqdan urar, Issiq - boshdan. — Maqol
- Toshkentdan kelgan lektor "Oyda hayot bormi?" degan mavzuda leksiya oʻqib: -Oyda kechasi yuz gradus sovuq, kunduzi yuz gradus issiq boʻladi, - degandi. — Said Ahmad — Ufq
- Albatta, yoʻl yaxshi boʻlib, jadalroq yurishsa, sovuq uncha bilinmas, lekin iz tushmagan yoʻldan yurish mushkul. — Odil Yoqubov — Er boshiga ish tushsaSovuq yemoq (yoki qotmoq) - sovqotmoq.
- Birovning ishiga saratonda qoʻl sovuq qotadi. — Maqol
- Kun issiq, pidjaksiz ketay deyman-u, kechasiga qolsam sovuq yemay, deb qoʻrqaman. — Shuhrat — Shinelli yillarSovuq olmoq (yoki urmoq) - sovuq qattiq taʼsir etib yoki muzlatib ishdan chiqarmoq, shikastlamoq.
- ..Endigina avj olayotgan nihollarni bir kechada sovuq urdi. — GazetadanQuruq (yoki qora) sovuq - havo ochiq yoki qor yogʻmay turgan vaqtdagi qattiq ayoz.
- Toshkentda.. oʻtkir quruq sovuq!.. Soqollarda, moʻylovlarda, kipriklarda qirov. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bir tundayoq qora sovuq gʻoʻzani urgan edi. — Oybek — Oltin vodiydan shabadalar
- Sovuqni oshiradigan ovqat.Sovugʻi oshdi - 1) sovuqlik ovqatni yeyaverib lanj boʻldi.
- Sovugʻing oshsa - davlat, Issigʻing oshsa - qiyomat. — Maqol
- -Sut-qatiqlaring sovugʻimni oshirib yuboryapti. Shaharda bozor yaqin edi, asal oldirib turardim, - dedi. — Hakim Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar 2) bezor boʻldi, koʻngliga urdi.
- Oʻzimiz ham yetimvachchalar orasida xoʻp chidam bilan oʻqidik-da, a? Qaysi birini koʻrmay, hali ham sovugʻim oshadi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Sovuq havo.
- Sovuq kun.
- Men esa darchadan toʻnib boqaman, Sovuq kuz tunidan maʼni chaqaman. — Abdulla Sher — Qadimgi kuy
- Muzdek sovuq suv.
- Ichkilik deganni sovuq suvdek simirgan bilan uncha kayf qila olmaysiz. — Abdulla Qodiriy — Kichik asarlar
- Sovuq shamol oqimi ham yuz terisiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. — "Saodat"
- Sovuquy.
- Teatr binosi sovuq, tomoshabinlar palto va qalpoqlarda oʻtirishardi. — Gazetadan
- Sovuq, rutubatli xonamga shu kech Olib qaytdim iztirobingni. — Abdulla Oripov — Yillar armoni
- Sovuq ovqat.
- Qodir uygʻondi, u haddan tashqari chanqagan edi, choynakda qolgan sovuq choyni shimirib, atrofiga qaradi. — Abdulla Qahhor — Qanotsiz chittak
- Sovuq odam.
- Sovuq bashara.
- Oʻzi sovuqning qiligʻi ham sovuq. — Maqol
- Quloqdan kirgan sovuq soʻz Koʻngilga borib muz boʻlar. — Maqol
- Bir vaqtlar dehqonlarga, deb havas bilan qurdirgan bu uy-joy, gʻisht yotqizilgan keng supa., koʻziga sovuq, gʻarib, mungli koʻrindi. — Samar Nurov — Narvon
- Qora qishda toʻy qilmay, Battar boʻlgur nokas gov, Bachchagʻarning aslida Feʼli sovuq ediyov. — Abdulla Oripov — Yillar armoni
- Qoʻying, Numonjon aka, qiz bolani qoʻltiqlab yurishni ham bilmaysiz-a! Biram sovuq, besoʻnaqaysiz. — M. Boboyev — Goʻzallik istabTurqi (yoki soʻxtasi) sovuq - gap-soʻzi, tashqi koʻrinishi bilan kishiga yoqmaydigan kimsa haqida aytiladigan ibora.
- E, meni endi koʻrayapsizmi, Muyassarxon, eski bilganingiz sassiq chol - soʻxtasi sovuq Nazar Yaxshiboyman-da. — Murod Muhammad Doʻst — Lolazor
- Sovuq hazil.
- Sovuq javob.
- Sovuq muomala.
- [Yigit] Davron tomon yaqinlasharkan, sovuqqina iljaygancha: - Odamni qoʻrqitib yubordingiz, oka, - dedi. — N. Qilichev — Chigʻiriq
- Poʻlat u [Husniddin] bilan juda sovuq salomlashdi - ensasi qotib, qoʻlininguchini berdi. — Mirmuhsin — Qahramonnoma
- Sovuq xabar.
- Yodimga uning oʻsha qisqa, lekin mening eng aziz his-tuygʻularimni yanchib tashlagan sovuq maktubi tushdi. — O. Yoqubov — Ikki muhabbat
- Mashriqiy bu sovuq xabarni eshitgach, bagʻri oʻtda yonib, nima qilishini bilmay, Suriya bilan birga tushgan rasmidan Suriyani qirqib olib, yoqib yubordi. — Mirmuhsin — QahramonnomaSovuq urush - mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarda turli yoʻl va vositalar bilan keskinlik, dushmanlikni kuchaytirishga qaratilgan siyosat.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0