Izohli lug‘at
sovurmoq
совурмоқ
Ma’nolari
- Behudaga ketkizmoq, behuda sarf, xarajat qilmoq.
- Mahv etmoq, yoʻq qilmoq, behudaga chiqarmoq.
- Kulini koʻkka sovurmoq Batamom yoʻq qil-moq, mahv etmoq, agʻdarib tashlamoq.
Misollar
- Pulni sovurmoq. m
- Men uchun ham, oʻzi uchun ham pulni ayamay sovurar va hech qachon mening moyanam bilan qiziqmasdi. — "Yoshlik".
- Tilaklarimni sovurganing yetmay, tilakuyimni yiqqaning nimasi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Shoirning yuragida haqi-qat dushmanlariga qarshi, hammadan sevgani — hayot gulini sovurmoqchi boʻlgan yovuz kuchlar-ga qarshi gʻazab yonar edi. — Oybek — Navoiy.
- Chingiz farmoni bilan shaharga oʻt qoʻyilib, kuli koʻkka sovurildi. — Mirmuhsin — Temur Malik. Koʻkka (yoki behudaga) sovurmoq ayn. sovurmoq 1,2.
- Shamol quturar, qorni oppoq toʻzonga ay-lantirib, koʻkka sovurar edi. — Oybek — O. v. shabadalar.
- -Bizni davlat pulini koʻkka sovuruvchi tentaklar, xayolparastlar, deb atashayotganlar ham yoʻq emas, — dedi Do-niyorov Mohidilga. — J. Abdullaxonov — Toʻfon.
- Kun qizib turgan paytlarda, boshidan of-tob oʻtishiga qaramay, yanchiq yanchibdi. Kechki shamolda bugʻdoy sovuribdi. — S. Anorboyev — Bo-bodehqon soʻzi.
Kelib chiqishi
1 q. x. Shamolda shopirib tozalamoq, shopirmoq. ◆ Oʻt ishi — qovurmoq, Yel ishi — sovurmoq. — Maqol. yat [Bobodehqon
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0