Izohli lug‘at
soxta
сохта
Ma’nolari
- [f. — tayyorlangan, ishlab
- chiqilgan; sunʼiy, yasama] 1 Qalbakilik maqsadida asliga oʻxshatib ishlangan, yasalgan; yasama, qalbaki.
- Yetarli asosga ega boʻlmagan, asossiz, puch.
- Yolgʻondakam, tagi puch, yuzaki.
- Samimiyatsizlik bilan shunchaki qi-lingan, nosamimiy, yuzaki, yasama.
Misollar
- Soxta pul. Soxta imzo. n
- Men bilan Otabekni qamatib, dor osti-ga yuboruvchi, Otabek tilidan soxta taloq xati yozib, bir-birimizdan judo etuvchi.. battol Homid ekan. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Demak, Siddiq Sharipov — otangizning soxta ismi-sharifi. — "Sharq yulduzi".
- U bu ishga puxta oʻylab kirishgan. Uning soxta hujjatlari shundan dalolat berib turib-di. — "Yoshlik".
- Soxta daʼvo. Soxta nazariya. n
- [Fo-tima:] Boʻlmagan soxta dalillar bilan ga-piruvchi ifloslarning soʻziga kirib, bu xilda qilish yaxshi emas. — Hamza — Tuhmatchilar jazosi.
- Soxta obroʻ.
- Soxta kulgi. Soxta muloyimlik. n
- -E, sizmidin-giz, Shoqosim aka, tanimay qolganim uchun kechirasiz, — dedi [Hafiza] jindek soxta jilmayib. — Mirmuhsin — Umid.
- Appon choluning soxta, zoʻraki takallufidan gʻazablandi. — "Yoshlik".
- Mehmonlar orasida "Marhabo", talantlar!" televizion konkursining ikki qatnashchisi ham boʻlib, ular soxta kam-tarlikdanmi yoki tortinchoqlikdanmi, bir chekkada qimtinibgina oʻtirishardi. — N. Aminov — Qahqaha.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0