Izohli lug‘at
soyabon
соябон
Ma’nolari
- ayn. zontik.
- Shlyapa, shapka va shu kabilarning soya beruvchi qismi.
- Umuman, quyosh nuridan yoki yomgʻirdan saqlovchi har qanday qurilma, pana.
- Panoh, homiylik, xayrixoeushk.
Misollar
- Shoyi soyabon. Soyabon tutmoq. n
- Boʻ-ronbek charm shapkali boshini soyabon tagiga yashirdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Narigi xonada dars tayyorlab oʻtirgan nevarasiga, soyabon tu-tib, koʻchadan tezda adasini chaqirib kelishni aytdi. — Mirmuhsin — Umid.
- Shapkaning soyaboni. shsh Be-jirimgina tilla gardishli koʻzoynagiyu ser-bar poxol soyaboni oʻziga biram yarashgan Valentina horgʻin jilmaydi. — M. Mansurov — Yombi.
- Roʻparasida shlyapaning keng soyaboni tagidan Xumorxonning koʻzlari yonib turardi. — A. Muxtor — Tugʻilish. Qoʻlini (yoki kaftini) soyabon qilmoq Qoʻlini (kaftini) peshona-siga qoʻyib, koʻzlarini quyoshdan panalamoq.
- Zokir ota qoʻlini soyabon qilib, shudgorning uzoq etagigacha chamalab koʻrdi. — H. Gʻulom — Zamin yulduzlari.
- Avtobus stansiyalariga soyabonlar qurilmoqda. n
- Quyosh tikkaga kelib, ayovsiz qizdirayotgani uchun, har yer-har yerda soyabonlar tikilgan. — N. Aminov — Yolgʻonchi farishtalar.
- Shunday gashtli kunlardan birida praktikantlar, boshlarida soyabon, tepa ustida davra qur-gancha, orqalarini oftobga toblab, karta oʻynaboʻtirishar.. edi. — M. Mansurov — Yombi.
- Togʻlar boshi xiyobon, Bir xudoyim soyabon. — "Nurali".
- Qon yigʻlaysiz bu kun onam meh-ribon, Otam ekan hammamizga soyabon. — "Zul-fizar bilan Avazxon".
Kelib chiqishi
1-^ — bostir-ma, ayvon; chodir; shamsiya, zontik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0