Izohli lug‘at
strategiya
стратегия
Ma’nolari
- harb. Urush olib borish sanʼati; urush va harbiy operatsiyalar oʻtkazishning umumiy rejasi.
- Urush olib borish haqidagi fan.
- Ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish sanʼati, shuningdek, umuman, boshqaruvni toʻgʻri va istiqbolli rejalashtirish sanʼati.
Misollar
- Yashin tezligidagi urush strategiyasi.
- Strategiya kursi. Strategiyadan maʼruzalar. Harbiy strategiya nazariyasi.
- Fan taraqqiyotida har bir muhim davr ilmiy izlanishlarning maʼlum strategiyasini oʻrtaga tashlaydi. — Fan va turmush.
Kelib chiqishi
yun. strategia < stratos — qoʻshin + ago — boshlab boraman
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0