Izohli lug‘at
subh
субҳ
Ma’nolari
- Erta tong payti; saboh, sahar.
- Subhi kozib; (l. m. yolgon tong) Tongotardan ancha oldin, tong yorishgandek tuyuladigan payt.
- Subhi sodiq; (l. m. chin tong) Haqiqiy tongotar payti.
Misollar
- Tinmagur shahrimizning Subhida shuncha ovoz. — Gʻ. Gʻulom.
- Subh chogʻida magar chiqqanda yorim toʻlgʻanib. Gul yoqasin chok etar, bulbulda afgʻon qoʻzgʻalur. — Habibiy.
- Ha, subhi kozibda emas, subhi sodiqda, xoʻrozlar qichqirar-qichqirmas, bulbulu maynalar xonishini boshlar-boshlamas, toʻrt askar oshnalarining qoʻrgʻoniga yetib kelishgandi. — "Yoshlik".
- Sharq ufqidan asta-asta qorongʻilik koʻtarilib, oʻrniga subhi sodiq joylashmoqda edi. — A. Qodiriy — Kichik asarlar.
- Izlab borayotgan Barchin yori ham, baxmal oʻtovda yotib, subhi sodiq tuqqan vaqtda bir tush koʻrdi. — "Alpomish".
Kelib chiqishi
arab. – ertalab, tong, tongotar
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0