Izohli lug‘at
sudramoq
судрамоқ
Ma’nolari
- Oyogʻini sudrab bosmoq (yoki yurmoq) Oyogʻini zoʻr-bazoʻr bosib, sekin-asta yurmoq, sudralmoq.
- Zoʻr bilan biror tomonga tortmoq, un-damoq. Boshim qotib, rayondagi choyxonada choy ichib oʻtirsam, Matqovul paydo boʻldi. Menu uyiga sudrovdi, bormadim. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda.
- Amal-taqal qilib kiyib yurmoq.
- Paysalga solib yoki sustkashlik qilib, orqaga choʻzmoq, kechiktirmoq.
Misollar
- Oyogʻini sudrab, yana Bogʻchadarvoza tomon borar ekan, "Shoiri zamon qayerda boʻldi ekan-a?" deb xayollandi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Dod-faryodimga quloq solmay, dadam qoʻlimdan sudrab, uyga olib ketdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oʻzingiz bshgasiz, toʻrt yildan beri bu yerda ishlayman, tinim yoʻq, ishdan boshim chiqmay-di. Lekin hali ham bir choponim ikki boʻlma-di. Hali ham qish-yoz bitta choriqni sudray-man. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ishni sudramoq.
- Yombini apil-tapil qopchiqqa joylab, narida yotgan kich-kina zambilni sudrab keldi. — M. Mansurov — Yombi.
Kelib chiqishi
1 Yerdan uzmay, koʻtarmay sirpantirib tortmoq, surgamoq. ◆ Xodalarni sudramoq. Etaklarini yerda sudrab yurmoq. m ◆ Qish suvi qoʻyilgan katta paykaya muzligida ikki qora koʻrindi. Bumuzustida bir-birini sudrab, sirgʻanchiq uchayotgan bolalar edi. — N. Aminov — Qahqaha. ◆ Zargarov qumda etigini sudrab.. trassaning oxirrogʻiga yetganda, naq qulogʻining tagida qattiq zang chalindi. A. — Muxtor — Asarlar. Iskandar
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0