Izohli lug‘at
sukunat
сукунат
Ma’nolari
- . Hech qanday tovushning yoʻqligi; jimjitlik, sokinlik.
- . Sukut, soʻzsizlik.
Misollar
- Sukunat maskanisan, Koʻm-koʻk musaffo samo. — Gazetadan.
- Qush ot qoʻshilgan arava shahar sukunatini buzib, Rafinak tomon yelib ketdi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Oʻrtaga noxush sukunat choʻkdi. — "Sharq yulduzi".
- Sukunatni yana otaning tovushi buzdi: Hech narsa deyolmaysan! Qaysi yuz bilan gapirasan?! — "Yoshlik".
Kelib chiqishi
arab. – sokinlik, jimjitlik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0